Endrik gol ura olmadi va maydondan chetlatildi

Fransiya Liga 1 doirasida «Nant»ga qarshi o‘yinda «Lion» hujumchisi Endrik qizil kartochka olib, uchrashuvni erta yakunladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
19 yoshli braziliyalik futbolchi bahsning 2-daqiqasidayoq ogohlantirilgan edi. 61-daqiqada esa hakam unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi. Shu sabab Endrik bu safar gollarga bevosita hissa qo‘sha olmadi.
Shunga qaramay, Endrik «Lion» safidagi ilk besh o‘yinida barcha turnirlar kesimida 5 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U yanvar boshida Madridning «Real» klubidan ijara asosida fransuz jamoasiga kelib qo‘shilgandi.
«Lion» bu o‘yinda g‘alaba qozonsa, «Marsel»ni ortda qoldirib, turnir jadvalida uchinchi pog‘onaga ko‘tariladi. Keyingi turda esa Paulu Fonseka jamoasini «Nitsa»ga qarshi bahs kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!