date

Anchelotti Endrikka Braziliya safida alohida rol tayyorlamoqda

Anchelotti Endrikka Braziliya safida alohida rol tayyorlamoqda

Hujumchi Endrik qishki transfer oynasida “Real”dan ijara asosida “Lion”ga o‘tganidan beri o‘zini yorqin ko‘rsatmoqda. Shu fon’da Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uni yaqin oradagi yig‘inga chaqirishni ko‘zlayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline nashri L’Equipe manbasiga tayanib yozishicha, mart oyidagi navbatdagi xalqaro tanaffusda Endrik Braziliya terma jamoasining asosiy markaziy hujumchisi sifatida maydonga tushishi kutilmoqda.

Mart oyi oxirida Braziliya jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Fransiya va Xorvatiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, yozda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti Endrikka Braziliya safida alohida rol tayyorlamoqda