Boka Huniors klubida yangi sport direktori ish boshladi

Argentinaning «Boka Huniors» klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini rasman ma'lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Jamoa tezkor kuchaytirishlarga muhtoj bo'lib, yangi tandem tarkibni mustahkamlash ustida ish olib borishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham tajribali nom sanaladi: u 1995–2002 yillar oralig'ida Argentina terma jamoasi safida 18 ta uchrashuv o'tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan. 2003 yilda esa u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng sermahsul to'purari bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing