O‘zbekistondagi cho‘lning o‘rtasida paydo bo‘lgan ulkan dengiz barchani hayratga solmoqda

Buxoro viloyatidagi Qizilqum cho‘li hududida ulkan suv havzasi paydo bo‘lgani ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Mahalliy aholi va foydalanuvchilar ushbu hududni allaqachon “O‘zbekistonning yangi dengizi” deb atay boshlagan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, suv havzasining maydoni qariyb 80 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Bu esa uni mashhur Chorvoq suv omboridan deyarli ikki baravar kattaroq qiladi.
Cho‘l o‘rtasida bunday katta suv havzasining paydo bo‘lishi ko‘pchilikni hayratga solmoqda. Ayrimlar uni kelajakda sayyohlik maskaniga aylanishi mumkin bo‘lgan hudud sifatida baholamoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar bu yerda kurortlar, plyajlar va dam olish maskanlari tashkil etilishi ehtimoli haqida fikr bildirmoqda. Hozircha ushbu suv havzasining kelgusidagi foydalanish rejasi bo‘yicha rasmiy batafsil ma’lumot berilmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!