Denis Makarov Kayserisporda jarohat olib safdan chiqdi

Turkiyaning “Kayserispor” klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov noma’lum muddatga jamoaga yordam bera olmaydi. Klub matbuot xizmati futbolchining jarohat olganini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Xabarga ko‘ra, tibbiy ko‘rik yakunida Makarovning o‘ng sonining yuqori qismidagi mushaklar guruhida yengil shikastlanish hamda shish aniqlangan. Ayni paytda davolanish jarayoni davom etmoqda.
Makarov “Kayserispor” safidagi ilk uchrashuvini 3 fevral kuni “Galatasaray”ga qarshi o‘yinda o‘tkazgandi. Bellashuv 0:4 hisobida yakunlangan, klub esa turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda va quyi ligaga tushib ketmaslik uchun kurashmoqda. Futbolchi avvalroq Moskvaning “Dinamo” jamoasida o‘ynagan va klubni erkin agent sifatida tark etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!