Slutskiy boshqaruvidagi Shanghai Shenhua yana mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida Leonid Slutskiy boshqarayotgan «Shanghai Shenhua» safarda «Sanfrecce Hiroshima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va navbatdagi uchrashuvni ham ochkosiz yakunladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi: yaponlar safida himoyachi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani yo'lladi. Bu natija Xitoy klubi uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat bo'ldi.
Olti turdan so'ng «Shanghai Shenhua» 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Sanfrecce Hiroshima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing