Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marcelo Delgado keldi

Argentina grandi “Boka Xuniors” klubida yangi sport direktori tayinlandi. Bu lavozimni Marcelo Delgado egalladi va u klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Avvalroq “Barselona” safida ham to‘p surgan Rikelme bilan birga Delgado jamoani tezkor kuchaytirish masalalari ustida ishlashi kerak. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado futbolchilik faoliyatida Argentina terma jamoasiga ham jalb etilgan: u 1995–2002 yillarda milliy jamoa safida 18 uchrashuvda maydonga tushib, 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan. 2003 yilda esa u “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing