Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua OChLda yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenhxua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqich 6-turida safarda «Sanfrecce Hirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va yana ochkosiz qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi: mezbonlar himoyachisi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani yo‘lladi. Bu natija Xitoy klubi uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.
Olti turdan so‘ng «Shanxay Shenhxua» 4 ochko bilan jadvalda 11-o‘rinda bormoqda. «Hirosima» esa 11 ochko jamg‘argan holda 3-pog‘onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing