date

TOCHILIN MOQ sanksiyalarni bekor qilsa FIFA va UEFAdan ham o'zgarish kutadi

TOCHILIN MOQ sanksiyalarni bekor qilsa FIFA va UEFAdan ham o'zgarish kutadi

Futbol mutaxassisi Aleksandr Tochilin «Yevro-Futbol.ru»ga bergan intervyusida FIFA prezidenti Janni Infantinoning Rossiyaga qo'yilgan taqiq bo'yicha fikrlari hamda MOQ yaqin kelajakda Rossiya sportiga nisbatan barcha sanksiyalarni olib tashlashi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tochilin global OAVda Milan shahrida o'tgan MOQ yig'ilishida Rossiyaga oid cheklovlarni bekor qilish bo'yicha prinsipial qaror qabul qilingani aytilayotganini eshitib, bunday ssenariy ro'y berishiga umid qilishini ta'kidladi. Uning aytishicha, bu mavzu ancha vaqtdan beri muhokama qilinadi va yakkalanishdan chiqish uchun Yevropada aniq siyosiy-ijtimoiy qaror kerak bo'ladi.

Ekspertning fikricha, yirik musobaqalar Rossiyasiz ham tomoshabin topadi, ammo raqobat va intriga pasayadi. Shuning uchun ham u “gap amalda ham tasdiqlansa” degan umidni yashirmadi.

Bir necha kun avval Infantino Rossiya jamoalariga qo'yilgan ban mantiqsizligini aytib, cheklovlarni yumshatish tarafdori ekanini bildirgandi. Tochilin bu bayonotni dunyodagi jarayonlar fonida tabiiy tendensiya deb baholab, Rossiyaga nisbatan ikki xil standartlar va xolis bo'lmagan yondashuvlar hamon sezilishini qo'shimcha qildi.

Shu bilan birga, u taqiqning o'zi “absurd holat” ekanini sport rahbarlari ham tushunayotganini aytdi.

Mutaxassis MOQ sanksiyalarni bekor qilsa, bu futbolga ham bevosita ta'sir ko'rsatishini, FIFA va UEFAdagi pozitsiyalar ham qayta ko'rib chiqilishi ehtimoli yuqoriligini ta'kidladi. Uningcha, MOQ kabi yirik tuzilmaning birinchi bo'lib qadam tashlashi precedent yaratadi va qolgan tashkilotlar ham ortidan ergashadi.

Infantino kelajakda jamoalarni siyosiy sabablar bilan musobaqalardan chetlatishni qonuniy jihatdan taqiqlash kerakligini ham aytgandi. Tochilin esa sportning bosh shiori siyosatdan xoli bo'lishi ekani, Rossiyaga nisbatan qabul qilingan qarorlar aynan shu tamoyilga zid kelayotganini eslatdi.

OAVlarda FIFA aprel oyidagi kongressda Rossiyaning xalqaro turnirlarga to'liq qaytishi masalasini ko'rib chiqishi mumkinligi haqida ham yozilmoqda. Tochilin bunday muddatlarda qaytish ehtimolini inkor etmadi va bunday ma'lumotlar “bekordan-bekorga” tarqamayotganini ta'kidladi.

U Rossiyaga ruxsat berilgandan keyin ham ayrim raqiblar maydonga chiqishdan bosh tortishi mumkinligini tan oldi. Bunday vaziyatda reglamentga qat'iy amal qilinishi, qoidabuzarlik bo'lsa intizomiy choralar qo'llanishi kerakligini aytdi.

Tochilin texnik mag'lubiyatlar qo'llanilishi boshqa jamoalar uchun ham signal bo'lishini, bunday demarshlar oxir-oqibat o'ziga zarar yetkazishini ta'kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » TOCHILIN MOQ sanksiyalarni bekor qilsa FIFA va UEFAdan ham o'zgarish kutadi