Inter Dimarko bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirmoqchi

Milanning «Inter» klubi himoyachi Federiko Dimarko bilan yangi kelishuv bo‘yicha yakuniy bosqichga yaqin. Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, tomonlar shartnomani 2030 yilgacha uzaytirish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qayd etilishicha, APLning bir nechta klublari futbolchiga qiziqish bildirgan, biroq muzokaralar aniq takliflargacha bormagan. Hozircha «Inter» ham, Dimarko ham hamkorlikni davom ettirishni ustuvor deb bilmoqda.
28 yoshli chap qanot himoyachisi «Inter» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «Sion», «Parma», «Verona» va «Askoli»dagi ijara davrlaridan so‘ng Milanga qaytib, «neradzurri»ning asosiy yetakchilaridan biriga aylandi.
Joriy mavsumda Dimarko 31 uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma berdi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan, Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!