Di Mariya Argentinada simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Anxel di Mariya vatani Argentinaga qaytdi va dastlabki o'yinlardan keyin uning atrofida yoqimsiz fon kuchaya boshladi. Bu holat ko'proq maydondagi natijalardan emas, balki raqiblar hamda muxlislar orasidagi e'tirozlar bilan bog'liq: ular futbolchini epizodlarni bo'rttirib ko'rsatishda ayblamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionati muhokama qilinadigan forumlarda di Mariyaning harakatlariga nisbatan tanqidlar ko'paygan. “Nega di Mariyani hiylalari uchun ogohlantirishmaydi”, “U yulduz, lekin bunday o'yin uslubi bezdirib yubordi”, “shunday darajadagi futbolchi penalti so'rab yiqilishga urinayotgani achinarli” kabi fikrlar tez-tez uchraydi. Avval “Manchester Yunayted” va “Real” safida to'p surgan futbolchi hozir “Rosario Sentral” sharafini himoya qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!