date

Pochettino APLni yutishga qaytaman, faqat qachon bilmayman deydi

Pochettino APLni yutishga qaytaman, faqat qachon bilmayman deydi

"Tottenhem"ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Angliya Premyer-ligasini juda sog'inganini yashirmadi. Mutaxassis APLga albatta qaytishiga ishonadi va chempionlikni ham qo'lga kiritish niyatida, biroq bu qachon va qaysi jamoa bilan ro'y berishini hozircha aniq ayta olmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Men yana urinib ko'raman. APLni yutish — mening orzuim. Qaysi klub bilan va qachonligini bilmayman, lekin bunga tayyorman. Hozir murabbiylik faoliyatimning eng yuqori pallidaman", — deya Pochettinoning so'zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.

Ayni paytda Pochettinoning sobiq jamoasi — Londonning "Tottenhem" klubi chempionat turnir jadvalida 15-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pochettino APLni yutishga qaytaman, faqat qachon bilmayman deydi