date

Al-Nasr Ronaldu talablaridan ikkitasini bajardi

Al-Nasr Ronaldu talablaridan ikkitasini bajardi

Krishtianu Ronaldu norozilik harakatini yakunlamoqda. Kutilishicha, portugaliyalik yulduz dam olish kunlari Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Fateh»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

A Bola xabariga ko'ra, Ronaldu bosimi fonida «Al-Nasr» rahbariyati ikki muhim talabni bajarib berdi. Avvalo, Ar-Riyod klubi so'nggi soatlarda xodimlar oldidagi qarzdorliklarni yopdi. Shuningdek, Ronalduga yaqin sport yo'nalishidagi shaxslar — Joze Semedu va Simao Kontinyo — avvalgi vakolatlarini qayta tikladi. Oldinroq bu ikki funksioner qishki transfer kampaniyasida hal qiluvchi rol o'ynay olmagandi.

Hozirda «Al-Nasr» Pro-liga jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va «Al-Hilol»dan bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr Ronaldu talablaridan ikkitasini bajardi