date

Al-Nasr Ronaldu qo'ygan ikki shartni bajardi

Al-Nasr Ronaldu qo'ygan ikki shartni bajardi

Krishtianu Ronaldu norozilik sifatida boshlangan boykotini yakunlamoqda. Kutilishicha, portugaliyalik yulduz hafta oxirida Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Fateh»ga qarshi o'yinda maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

A Bola xabariga ko'ra, «Al-Nasr» rahbariyati Ronaldu bosimi fonida ikki muhim talabni bajarib berdi. Avvalo, Ar-Riyod klubi so'nggi soatlarda xodimlar oldidagi qarzdorliklarni yopdi. Shuningdek, Ronalduga yaqin sanaladigan sport bo'limidagi Joze Semedu va Simau Kontinyo vakolatlari qayta tiklandi — avvalroq ular qishki transfer kampaniyasi jarayonida muhim rol o'ynay olmagandi.

Hozirda «Al-Nasr» Pro-liga jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va yetakchi «Al-Hilol»dan bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr Ronaldu qo'ygan ikki shartni bajardi