date

Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Huniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini ma’lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati paydo bo‘lgan, shu bois Delgadoning asosiy vazifalaridan biri Rikelme bilan birga transfer yo‘nalishida aniq qarorlar qabul qilish bo‘ladi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajriba to‘plagan: u 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasida 18 o‘yin o‘tkazib, 1998 yilgi JChda ham ishtirok etgan.

Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogida «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga musobaqaning eng sermahsul futbolchisi sifatida e’tirof etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi