Al-Nasr Ronalduning ikki talabini bajarib, uning noroziligini to'xtatdi

Krishtianu Ronaldu boykotni yakunlamoqda. Kutilishicha, portugaliyalik yulduz hafta oxirida Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Fateh»ga qarshi o'yinda maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
A Bola xabariga ko'ra, Ronaldu bosimi fonida «Al-Nasr» rahbariyati ikki muhim masalani hal qildi. Avvalo, Ar-Riyod klubi so'nggi soatlarda xodimlar oldidagi qarzdorliklarni to'liq yopdi. Shuningdek, Ronalduga yaqin bo'lgan sport bo'limidagi Joze Semedu va Simao Kontinyo vakolatlari qayta tiklandi — avvalroq ular qishki transfer kampaniyasida muhim rol o'ynay olmagandi.
Hozirda «Al-Nasr» Pro-liga jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam «Al-Hilol»dan bir ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing