Ravanelli skudetto poygasida asosiy favoritni aytdi

Italiyalik sobiq futbolchi Fabrichio Ravanelli A Seriyaning joriy mavsumida Milanning «Inter» jamoasi chempionlik uchun eng kuchli da’vogar ekanini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ravanellining fikricha, «neradzurrilar» mamlakat ichida raqiblarini ishonchli tarzda ortda qoldirib, barqaror va sifatli futbol ko‘rsatmoqda. U jamoada aniq rejaga ega murabbiy borligini, Kivu esa futbolchilar bilan yaqin va ishonchli munosabat o‘rnatganini qayd etib, «Inter»ni skudetto uchun poygada bosh favorit deb atadi, deya xabar beradi Fc Inter News.
Hozircha «Inter» 58 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi va eng yaqin ta’qibchisini sakkiz ochkoga ortda qoldirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing