Al-Nasr Ronalduning ikki shartini bajardi va u maydonga qaytadi

Krishtianu Ronaldu boykotni yakunlamoqda. Kutilishicha, portugaliyalik hujumchi dam olish kunlari Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Fateh»ga qarshi uchrashuvda ishtirok etadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
A Bola xabariga ko‘ra, «Al-Nasr» rahbariyati yulduz futbolchi bosimi fonida ikki talabni bajarib berdi. Avvalo, Ar-Riyod klubi so‘nggi soatlarda xodimlar oldidagi qarzdorliklarni yopdi. Shuningdek, Ronalduning sport bloki atrofidagi yaqin odamlari — Joze Semedu va Simau Kontinyo — vakolatlarini qayta tikladi. Avvalroq ushbu ikki funksioner qishki transfer kampaniyasida muhim rol o‘ynay olmagan edi.
Hozirda «Al-Nasr» Pro-liga jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Al-Hilol»dan bir ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing