date

Jezush Ronalduni navbatdagi o‘yinda dam oldiradi

Jezush Ronalduni navbatdagi o‘yinda dam oldiradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvni o‘tkazib yuborishiga sababni izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada jamoaga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu safar ham ro‘yxatda bo‘lmaydi.

Jezushning aytishicha, tig‘iz taqvim sabab Ronalduni va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchini asrashga qaror qilingan. Murabbiy yaqin orada «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin borligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, mutaxassis Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan bahslarda vaqti-vaqti bilan ishtirok etmasligi yangi holat emasligini, bu avval ham bir necha bor kuzatilganini eslatdi.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» – «Al-Nasr» uchrashuvi 14-fevral, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduni navbatdagi o‘yinda dam oldiradi