Ronaldu atrofidagi vaziyatdan so‘ng Al-Nasr rahbari ketdi

Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq noroziliklar klub ichida iz qoldirganga o‘xshaydi. Arriyadiyah xabariga ko‘ra, Muhammad as-Skit «Al-Nasr» direktorlar kengashi raisi lavozimidan iste’foga ariza topshirdi. U qarorini shaxsiy sabablarga bog‘ladi, biroq tafsilotlarni ochiqlamadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq «Al-Nasr»da Ronalduga yaqin bo‘lgan portugaliyaliklar — Jozе Semedu va Simao Koutinyo vakolatlari qayta tiklangani aytilgandi. Manbalarga ko‘ra, yulduzli hujumchiga klub ichki muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq va’dalar bergan.
Qayd etilishicha, «Al-Nasr»dagi boshqaruvdagi o‘zgarishlar davom etadi. Jamoa hozir chempionat jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing