“Chelsi” Rosenor oʻrniga La Ligadan top-murabbiyni olib kelmoqchi...

"Chelsi" klubi qoniqarsiz natijalar tufayli bosh murabbiy Liam Rosenyorni iste'foga chiqardi va uning o'rniga Diyego Simeoneni asosiy nomzod sifatida ko'rib chiqmoqda. Rosenyor qo'l ostida jamoa ketma-ket beshta o'yinda gol urmasdan mag'lub bo'lib, Chempionlar ligasi yo'llanmasini xavf ostida qoldirdi. Londonliklar rahbariyati "Atletiko Madrid"da uzoq yillik tajribaga ega bo'lgan Simeone yordamida jamoadagi inqirozni bartaraf etishni ko'zlamoqda.
Joriy mavsum davomida bir necha bor murabbiy almashtirgan “Chelsi” klubi yana yangi bosh mutaxassis izlashga kirishgan. Liam Rosenorning natijalari rahbariyatni qoniqtirmagani sabab u lavozimidan ozod etildi.
Xabarlarga koʻra, London klubi endi tajribali argentinalik murabbiy Diyego Simeoneni jalb qilish imkoniyatlarini oʻrganmoqda. U hozirda “Atletiko Madrid” jamoasini boshqarib kelmoqda va asosiy nomzod sifatida koʻrilmoqda.
Bu maʼlumotni The Sun nashri ham tasdiqlagan. Qayd etilishicha, Simeone yozda klubini oʻzgartirishi ehtimoli mavjud, shu bois “Chelsi” uni diqqat markazida ushlab turibdi.
Rosenor qoʻl ostida jamoada jiddiy pasayish kuzatildi. “Chelsi” Premer-ligada ketma-ket beshta oʻyinda gol urmasdan magʻlub boʻlib, bu holat klub ichidagi bosimni yanada kuchaytirdi.
Shu bilan birga, jamoa Chempionlar ligasiga yoʻl olish imkoniyatini ham xavf ostiga qoʻygan. Bu esa rahbariyatni tez qaror qabul qilishga majbur qilgan asosiy omillardan biri boʻldi.
Simeone 2011 yildan buyon “Atletiko Madrid”ni boshqarib kelayotgan tajribali mutaxassis hisoblanadi. U Yevropa futbolida barqarorlik va qatʼiy uslubi bilan tanilgan.
Rosenor esa “Chelsi” tarixida eng qisqa ishlagan bosh murabbiylardan biri sifatida qoldi — u faqat 104 kun lavozimda boʻldi. Hozir esa klub yana katta oʻzgarishlar arafasida turibdi.






























Izohlar 0
…