date

Gvardiola Rosenorning isteʼfosiga qanday munosabat bildirdi?

Gvardiola Rosenorning isteʼfosiga qanday munosabat bildirdi?

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Chelsi”da Liam Rosenorning ishdan boʻshatilishiga oʻz munosabatini bildirdi. Chorshanba kuni London klubi yanvardan beri jamoani boshqargan angliyalik mutaxassis bilan hamkorlikni toʻxtatganini rasman eʼlon qilgan edi.

Londonliklar soʻnggi davrda ogʻir natijalarga duch keldi — jamoa oxirgi 8 uchrashuvning 7 tasida magʻlubiyatga uchragan, bu esa rahbariyat qarorini tezlashtirgan asosiy omillardan biri boʻldi.

Gvardiola bu holatni achinarli deb baholab, Rosenor yuqori darajada ishlay oladigan murabbiy ekaniga ishonch bildirdi. Uning fikricha, bunday qarorlar har doim ham oson qabul qilinmaydi.

"Bu juda achinarli. Men uni yuqori darajada murabbiylik qilishga qodir ekaniga ishonaman", - deydi Gvardiola.

Ispaniyalik mutaxassis shu bilan birga oʻzini omadli his qilishini ham taʼkidladi. U “Manchester Siti”dagi faoliyatiga toʻxtalib, klubni tanlagani toʻgʻri qaror boʻlganini aytdi.

"Har safar bunday holat yuz berganida, qay darajada omadli ekanim haqida oʻylayman — «Siti»da ishlash nasib etgani uchun", - deydi Gvardiola.

Gvardiolaning soʻzlariga koʻra, “Siti”dagi 10 yillik faoliyati davomida u mustahkam struktura, ishonchli rahbariyat va professional sport boʻlimi bilan ishlash imkoniga ega boʻlgan. Bu esa jamoaning barqaror muvaffaqiyatini taʼminlagan.

"10 yil avval toʻgʻri klubni tanlaganman: ajoyib struktura, rahbariyat va sport boʻlimi bor. Qoyilmaqom barqarorlik", - deydi Gvardiola. 

U jamoadagi ishonch muhiti va hamkorlikni alohida qayd etib, oʻzini juda omadli inson deb atadi. Shu bilan birga, “Chelsi” qabul qilgan qaror unga bevosita daxldor emasligini ham qoʻshimcha qildi.

"Men bilan ishlayotgan insonlarga boʻlgan ishonch juda ajoyib. Juda omadliman. «Chelsi»ning qarori menga daxldor emas", — deya ispaniyalik murabbiyning soʻzlarini keltiradi City Xtra.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Rosenorning isteʼfosiga qanday munosabat bildirdi?