Kukurelyaning sartaroshi oʻyindan oldin "Chelsi"ning sirini ochib qoʻydi...

Kukurelyaning sartaroshi oʻyindan oldin "Chelsi"ning sirini ochib qoʻydi...
Qisqacha

"Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelyaning sartaroshi "Brayton"ga qarshi o'yin oldidan jamoa tarkibiga oid maxfiy ma'lumotlarni tasodifan ijtimoiy tarmoqlarda oshkor qilib yubordi. U o'z postida Koul Palmer va Joao Pedro jarohat sabab maydonga tushmasligini yozgan va bu ma'lumot keyinchalik o'z tasdig'ini topgan. Mazkur "insayd"dan so'ng londonliklar raqibga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi, shov-shuvga sabab bo'lgan post esa tezda o'chirib tashlandi. Ushbu kutilmagan voqea klub atrofidagi muhitni yanada keskinlashtirib, muxlislar o'rtasida qizg'in muhokamalarga sabab bo'ldi.

Mark Kukurelyaning sartaroshi “Brayton”ga qarshi oʻyin oldidan “Chelsi” tarkibiga oid maxfiy maʼlumotni tasodifan oshkor qilib yubordi. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamaga sabab boʻldi.

Londonliklar APL 34-turida ogʻir magʻlubiyatga uchrab, maydondan 0:3 hisobida yengilgan. Oʻyindan oldingi bu noodatiy voqea esa jamoa atrofidagi muhitni yanada qizitib yubordi.

Xabarga koʻra, ispan futbolchisining sartaroshi X platformasida Kukurelyaning soch olish jarayoni aks etgan suratni joylab, unda tarkibga oid maʼlumot ham yozib qoldirgan. Uning postida “Palmer va Joao Pedro jarohat sabab oʻynamaydi” degan soʻzlar boʻlgan.

Eng qizigʻi, keyinchalik bu maʼlumot haqiqatga toʻgʻri kelgan — ikkala futbolchi ham haqiqatan oʻsha uchrashuvni oʻtkazib yuborgan.

Voqea tarqalgandan soʻng, mazkur post ham, sartaroshning ijtimoiy tarmoq akkaunti ham tez orada oʻchirib tashlangan.

Qisqasi, oddiy tasodifmi yoki katta shov-shuvli “insayderlik”mi — bu holat “Chelsi” atrofidagi muhokamalarni yanada qizitib yubordi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar