Husanov statistikasi: yuqori darajadagi oʻyin

“Manchester Siti” va “Byornli” oʻrtasidagi uchrashuvda oʻzbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov mustahkam va barqaror oʻyini bilan eʼtibor markazida boʻldi. U himoya chizigʻida ishonchli harakat qilib, jamoaning umumiy oʻyin balansiga sezilarli hissa qoʻshdi.
Oʻyin statistikasiga koʻra, Husanov 94 marta toʻpga tegingan va 77 ta aniq pas bergan, bu esa 94 foiz pas aniqligini koʻrsatadi. Shuningdek, u 7 marta toʻpni qaytarib olgan, 5 marta xavfli vaziyatni bartaraf etgan va 3 marta toʻpni olib qoʻyish harakatini amalga oshirgan.
Havodagi duellarda 4 marta gʻalaba qozongan, yerdagi kurashlarda ham samarali harakat qilgan. Uning 1 blok, 1 tekl va 1 muvaffaqiyatli dribling koʻrsatkichi ham oʻyindagi faolligini tasdiqlaydi. Bu oʻyinda u jamoaning eng barqaror himoyachilaridan biri sifatida baholandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!