Margʻilonda yirik giyohvandlik kontrabanda jinoyati fosh etildi (video)

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ichki ishlar organlari va bojxona tizimi bilan hamkorlikda oʻtkazgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida oldindan nazoratga olingan shaxs qoʻlga olindi.
Tekshiruvlar jarayonida Margʻilon shahrida istiqomat qiluvchi, 1973 yilda tugʻilgan, avval narkojinoyat uchun sudlangan fuqaro oʻzining qirgʻizistonlik aloqador shaxslari tomonidan Xoʻjaobod tumani hududida yashirilgan yirik miqdordagi giyohvand moddani qabul qilayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangani aniqlandi. Ushbu yashirin joydan jami 24 kilogramm 475 gramm “gashish” moddasi olingan.
Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 28, 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi hamda 25, 273-moddasi (giyohvandlik vositalarini oʻtkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Sud qaroriga asosan gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hozirgi vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda, ushbu jinoiy sxemada ishtirok etgan boshqa shaxslarning kimligi aniqlanmoqda.
Shu bilan birga, masʼul idoralar fuqarolarni bunday huquqbuzarlik holatlariga duch kelgan taqdirda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga zudlik bilan xabar berishga chaqirdi. Murojaat qiluvchilarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlangan.