date

PSJ muxlislari sabab klubga jazo qo'llanishi mumkin

PSJ muxlislari sabab klubga jazo qo'llanishi mumkin

8-fevral kuni Parijning “Park de Prens” stadionida o‘tgan Fransiya chempionatining 21-tur uchrashuvida “PSJ” “Marsel”ni 5:0 hisobida yengdi. Biroq o‘yin yakunida maydondagi natijadan ko‘ra, parijlik muxlislarning xatti-harakatlari ko‘proq muhokamaga sabab bo‘ldi, deya yozadi Le Parisien. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, “PSJ” ishqibozlari raqib jamoa nomiga haqoratli shiorlar aytgan va shunga o‘xshash mazmundagi bannerlarni ham namoyish qilgan. Ayrim iboralar irqchilik sifatida baholanishi mumkin, ammo masala bo‘yicha fikr bildirgan yurist buni huquqiy jihatdan isbotlash qiyin bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

Uchrashuv tugashiga 20 daqiqa qolganida o‘yin to‘xtatildi — tribunada ko‘plab fayerlar yoqilgani bunga sabab bo‘ldi. “PSJ” rahbariyati esa bahs oldidan muxlislardan bunday harakatlardan tiyilishni so‘rab, vaziyatni oldindan nazorat qilishga uringan.

Avvalroq klub muxlislari “Parij” klubi manziliga haqoratli shiorlar ishlatgani ortidan “PSJ” tribunaning bir qismini yopish jazosi bilan jazolangandi. Endi holat yana takrorlangani fonida, 18-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan mahalliy Intizom qo‘mitasi bu safar ham shunga o‘xshash qaror chiqarishi ehtimoldan xoli emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ muxlislari sabab klubga jazo qo'llanishi mumkin