date

Al-Nasr murabbiyi Ronaldo yaqin o'yinda dam olishini aytdi

Al-Nasr murabbiyi Ronaldo yaqin o'yinda dam olishini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o'ynaydi. Portugaliyalik hujumchining tez orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u ro'yxatda bo'lmaydi.

Jezushning so'zlariga ko'ra, jamoa zich taqvim sabab Ronaldoga va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o'yin borligini ta'kidladi.

Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda Jezush: «Ronalduning dam olishi yangilik emas. Bu Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarda u qatnashmay qoladigan birinchi holat emas», — deya qayd etdi.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» bahsi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr murabbiyi Ronaldo yaqin o'yinda dam olishini aytdi