Jikiya Antalyaspor'dagi ahvoli haqida fikr bildirdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi faoliyati va klubdagi holati yuzasidan qisqa izoh berdi. 32 yoshli futbolchining so‘zlari «FNL s Il'yevym» telegram-kanalida e’lon qilingan videoda keltirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jikiyadan «Antalyaspor»dagi ishlari qanday ketayotgani so‘ralganda, u «hammasi yaxshi» deya javob qaytardi. Keyingi savolda Turkiyadagi sharoitlar to‘liq ma’qulmi, degan savolga ham himoyachi jilmayib, hammasidan qoniqayotganini ta’kidladi.
Jikiya o‘tgan yozda «Antalyaspor» safini to‘ldirgan. Shu vaqt ichida u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifi bo‘ldi.
Hozirda «Antalyaspor» Turkiya Superligasi jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinini 13 fevral kuni o‘z maydonida «Samsunspor»ga qarshi o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!