Jezush Ronalduni navbatdagi o'yin uchun dam oldiradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvni o'tkazib yuborishi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi boykotdan so'ng tez orada safga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu bahsda ham uning nomi qaydnomadan joy olmaydi.
Jezushning ta'kidlashicha, jamoa zich taqvim sabab Ronalduni va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchini asrashga qaror qilgan. Murabbiy uchun keyingi turda «Al-Fateh»ga qarshi o'yin alohida ahamiyatga ega.
Shuningdek, Jezush Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarni tez-tez o'tkazib yuborishi yangilik emasligini ham eslatdi, deya xabar berdi Al Nassr Zone.
Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» – «Al-Nasr» o'yini shanba, 14 fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!