Arauxo Alvaresning Barselonaga mosligini ta'kidladi

“Barselona” himoyachisi Ronald Arauxo “Atletiko” Madrid hujumchisi Xulian Alvaresning kataloniyaliklar safiga ehtimoliy ko‘chishi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Arauxoning aytishicha, Alvares hozirda dunyoning eng kuchli hujumchilaridan biri bo‘lib, uning mahorati shubhasiz. Himoyachi “eng yaxshi futbolchilar eng yaxshi klubda o‘ynashi kerak, bu esa ‘Barselona’” deya urg‘uladi, biroq transfer masalasi uning vakolatiga kirmasligini ham qo‘shimcha qildi.
Joriy mavsumda argentinalik forvard barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 5 ta assist qayd etdi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Alvaresning bozor bahosi 100 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing