Slutskij boshqaruvidagi Shanghai Shenhua Osiyo Chempionlar ligasidan chiqib ketdi

Osiyo Chempionlar ligasida Shanghai Shenhua (Xitoy) o'z maydonida Machida Zelvia (Yaponiya)ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Leonid Slutskij shogirdlari uchrashuv boshida ham, yakunida ham gol o'tkazib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mehmonlar safida hal qiluvchi rolni Yuki Soma o'ynadi: u 3-daqiqada hisobni ochdi, 88-daqiqada esa dublini rasmiylashtirib, Machida Zelvia g'alabasini mustahkamladi.
Ushbu mag'lubiyatdan so'ng Shanghai Shenhua umumiy bosqichda pley-off yo'llanmasi uchun kurashish imkonidan mahrum bo'ldi. Jamoa 7 turda atigi 4 ochko jamg'ara oldi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskij Xitoy klubini 2023 yil oxirida qabul qilib olgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing