date

Jikiya Turkiyadagi holati haqida qisqacha izoh berdi

Jikiya Turkiyadagi holati haqida qisqacha izoh berdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiya klubidagi hozirgi ahvoli yuzasidan savollarga javob qaytardi. 32 yoshli futbolchining fikrlari aks etgan video «FNL s Ilyovym» telegram-kanalida e’lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jikiyadan «Antalyaspor»dagi ishlar qanday ketayotgani so‘ralganda, u «Hammasi yaxshi, rahmat» deya javob berdi. Turkiyadagi sharoitlar haqida savolga esa futbolchi tabassum bilan «Hammasi ko‘ngildagidek» dedi.

Jikiya «Antalyaspor» safiga o‘tgan yozda qo‘shilgandi. Shu vaqt ichida u 13 o‘yinda maydonga tushib, ikki gol urishga ham ulgurdi.

Hozir «Antalyaspor» Turkiya Superligasi jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 13 fevral kuni o‘z maydonida «Samsunspor»ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya Turkiyadagi holati haqida qisqacha izoh berdi