Jezush Ronalduning navbatdagi uchrashuvni o‘tkazib yuborishini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchining yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u qaydnomadan joy olmaydi.
Jezushning ta’kidlashicha, jamoa zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy buning asosiy sababi sifatida «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin oldidan kuchni tejash zarurligini ko‘rsatdi.
Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda Jezush: «Ronalduning dam olishi yangilik emas. Bu uning Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda ilk bor ishtirok etmayotgani emas», — dedi.
Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!