Flik Real haqida gapirishni yoqtirmasligini aytdi

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikdan matbuot anjumanida "Atletiko" va "Real"ni raqib sifatida solishtirish so'raldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis esa diqqatini faqat yaqinlashib kelayotgan uchrashuvga qaratganini ta'kidladi: "Men hozir shu o'yin haqida o'ylayapman. 'Real' haqida gapirish menga yoqmaydi. Bu sizga qiziq, menga esa baribir. 'Real'ga qarshi o'ynasak, o'shanda ular haqida o'ylayman. Hozir esa — 'Atletiko' haqida".
Flik madridliklar hurmatga loyiq ekanini ham qo'shib o'tdi: uning fikricha, "Atletiko" juda kuchli jamoa va shunday darajadagi raqiblarga qarshi o'ynash doim yoqimli.
Payshanba kuni kechqurun "Atletiko" Ispaniya Kubogi yarim finalining ilk bahsida "Barselona"ni qabul qiladi. Madriddagi uchrashuvni matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin bo'ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!