date

Jezush Ronalduning navbatdagi uchrashuvda dam olishini aytdi

Jezush Ronalduning navbatdagi uchrashuvda dam olishini aytdi

“Al-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqin o‘yinda maydonga tushmasligi sababini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida “Arkadag”ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik hujumchi tez orada safga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu uchrashuvda ham u ro‘yxatdan joy olmaydi.

Jezushning ta’kidlashicha, jamoa tig‘iz taqvim sabab Ronalduni va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarni asrab qolishga qaror qilgan. Murabbiy bunga sabab sifatida oldinda “Al-Fateh”ga qarshi muhim o‘yin borligini ko‘rsatdi.

“Al Nassr Zone” keltirgan iqtibosda, Jezush Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan uchrashuvlarni tez-tez o‘tkazib yuborishi yangilik emasligini ham eslatgan.

Saudiya chempionati doirasidagi “Al-Fateh” – “Al-Nasr” uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduning navbatdagi uchrashuvda dam olishini aytdi