Barselona Kristensen bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekanini tasdiqladi

"Barselona" sport direktori Deku himoyachi Andreas Kristensenga yangi shartnoma taklif qilish niyatini rasman tasdiqladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Deku matbuot anjumanida klub futbolchini noqulay vaziyatda qoldirmaslikka urinayotganini aytdi. Uning ta'kidlashicha, jarohat sabab Kristensen mavsum oxirigacha maydonga qaytishi qiyin bo'lishi mumkin, shu bois kataloniyaliklar unga adolatli va qabul qilsa bo'ladigan variant taqdim etishni istamoqda. Shundan so'ng futbolchi o'zi kelajagi borasida qaror qabul qiladi.
Ma'lumot uchun, daniyalik himoyachi "Chelsi"dan 2022 yilda erkin agent sifatida "Barselona"ga kelib qo'shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda Kristensen 17 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urdi. Hozirda u bog'lam uzilishi sabab tiklanish jarayonini o'tamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!