Yuventus hali to'liq sotib olmagan hujumchini sotmoqchi

Turinlik «Yuventus» mavsumni kamida 10-o'rinda yakunlasa, 25 yoshli belgiyalik hujumchi Lui Opendani majburiy tarzda sotib olishi kerak bo'ladi. Futbolchining transfer huquqlari Germaniyaning «RB Leyptsig» klubiga tegishli. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hozirda «Yuventus» turnir jadvalida 4-o'rinda bormoqda va jamoa keskin pastlab ketishi ehtimoli katta emas. Shu bois klub Openda uchun 40,6 million yevro to'lashiga to'g'ri keladi.
Calciomercato xabariga ko'ra, Spalletti hujumchining o'yinidan uncha mamnun emas: Openda barcha musobaqalarda 31 uchrashuvda atigi 2 gol urgan. Manbaga ko'ra, «Yuventus» yozgi transfer oynasida futbolchini tarkibdan chiqarishga urinib ko'rishi mumkin.
Openda avvalroq «Lans», «Vitesse» va «Bryugge» safida ham to'p surgan. Belgiya terma jamoasida esa uning hisobida 27 o'yin va 3 gol bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!