Nepomnyashchiy Safonovni yosh futbolchilarga o'rnak dedi

Rossiyalik murabbiy Valeriy Nepomnyashchiy PSJ darvozaboni Matvey Safonovni yosh futbolchilar uchun namuna sifatida ko'rsatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, Safonov Parij klubida asosiy posbon darajasiga chiqgani quvonarli holat. Nepomnyashchiy uning uzoq vaqt o'yin amaliyotisiz qolganiga qaramay taslim bo'lmagani va maydondagi ishonchli harakati bilan hammasini isbotlaganini aytdi. Bu fikrlarni «RB Sport» keltirdi.
26 yoshli darvozabon joriy mavsumda Liga 1 doirasida to'rt uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol o'tkazib yubordi. Shuningdek, ikki o'yinda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Chempionlar ligasida esa Safonov ikki bahsda ishtirok etib, bir gol o'tkazdi.
Safonovning fransuz grandi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil o'rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!