Angliya terma jamoasi Kosta-Rika bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Angliya terma jamoasi jahon chempionati startidan oldin navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘yicha kelishuvga erishdi. The Mirror xabariga ko‘ra, inglizlarning raqibi Kosta-Rika bo‘ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 10-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Avvalroq Angliya 6-iyun sanasida Yangi Zelandiya bilan ham nazorat o‘yini o‘tkazishi ma’lum qilingandi. Har ikki bellashuv AQSHda, Florida shtatidagi mashg‘ulot bazasiga yaqin hududda rejalashtirilgan, biroq aniq stadion hozircha e’lon qilinmagan.
Angliya va Kosta-Rika shu paytgacha ikki marta to‘qnash kelgan. 2018-yilda o‘rtoqlik bahsida inglizlar Markus Reshford va Denni Uelbekning gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozongan, 4 yil avval esa jahon chempionati guruh bosqichida 0:0 natija qayd etilgan.
17-iyun kuni Tomas Tuhel jamoasi jahon chempionatini Xorvatiyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Ushbu guruhdan shuningdek Gana va Panama ham o‘rin olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!