date

Ronaldu qizi bilan birga zalda mashgʻulot oʻtkazdi

Ronaldu qizi bilan birga zalda mashgʻulot oʻtkazdi

Krishtianu Ronaldu va uning rafiqasi Jorjina Rodriges oilaviy lahzani ijtimoiy tarmoqlarda namoyish qildi. Jorjina joylagan suratda portugaliyalik hujumchi sport zalida gantel bilan shugʻullanayotgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kadrda 41 yoshli futbolchi yonida qizlaridan biri ham bor: u ham qoʻlida gantel ushlab turibdi, faqat kichikroq va pushti rangdagi anjomlar bilan mashq qilmoqda. Suratga Jorjina qisqa izoh qoldirgan: «Dada».

Avvalroq Jorjina Ronaldu tugʻilgan kuni munosabati bilan tabrik postini ham eʼlon qilgandi. Qizigʻi, u tabrikni futbolchi 41 yoshga toʻlganidan keyingi kuni joylashtirgan.

Shu bilan birga, Ronaldu «Al-Nasr»ning soʻnggi bir nechta uchrashuvlarida maydonga tushmadi. OAVda esa portugaliyalik futbolchi klub boshqaruvidagi ayrim qarorlardan norozi boʻlgani uchun oʻyinlarni boykot qilayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu qizi bilan birga zalda mashgʻulot oʻtkazdi