Djikiya Antalyaspor dagi holati haqida fikr bildirdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikiya Turkiyadagi klubidagi vaziyati borasida savollarga javob berdi. 32 yoshli futbolchining qisqa izohi «FNL s Ilyovym» telegram-kanali e’lon qilgan videoda paydo bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Djikiya «Antalyaspor»dagi ishlari joyida ekanini aytib, klubda ham, Turkiyadagi sharoitlar ham o‘zini qoniqtirishini ta’kidladi. Himoyachi bu gaplarni tabassum bilan bildirgan.
Ma’lumot uchun, Djikiya o‘tgan yozda «Antalyaspor» safiga qo‘shilgan. Shundan beri u 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga ham ulgurdi.
Hozirda «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 13 fevral kuni o‘z maydonida «Samsunspor»ga qarshi o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing