date

Jorje Jezush Ronaldu nega o‘ynamasligini tushuntirdi

Jorje Jezush Ronaldu nega o‘ynamasligini tushuntirdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Er-Riyod jamoasi chorshanba kuni OFK Chempionlar Ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik hujumchining yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u tarkibda bo‘lmaydi.

Jezushning aytishicha, tig‘iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berish qarori qabul qilingan. Murabbiy oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin turganini alohida ta’kidladi.

Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda Jezush Ronalduga dam berish yangilik emasligini, u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan ayrim uchrashuvlarda avval ham ishtirok etmaganini eslatib o‘tdi.

Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» o‘yini shanba kuni, 14-fevralda bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jorje Jezush Ronaldu nega o‘ynamasligini tushuntirdi