date

Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi dam berdi

Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi dam berdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nima sababdan jamoaning yaqin uchrashuvida maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Er-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq aynan shu o‘yinda uning nomi qaydnomadan joy olmaydi.

Jezushning aytishicha, tig‘iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berish haqida qaror qabul qilingan. Murabbiy oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim uchrashuv turganini ta’kidladi.

Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda qayd etilishicha, Ronalduga dam berilishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan o‘yinlarda avval ham bir necha bor ishtirok etmagan.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi dam berdi