Nepomnyashchiy Safonovni yosh futbolchilarga o'rnak deb atadi

Rossiyalik murabbiy Valeriy Nepomnyashchiy "PSJ" darvozaboni Matvey Safonovni yosh futbolchilar uchun namuna sifatida ko'rsatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, Safonovning Parij klubida asosiy darvozabonga aylangani quvonarli hol. Nepomnyashchiy fikricha, Matvey uzoq vaqt amaliyot yetishmaganiga qaramay taslim bo'lmay, maydondagi o'yini bilan hammasini isbotlay oldi.
26 yoshli posbon bu mavsum Fransiya Ligasida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol o'tkazib yubordi. Shuningdek, 2 o'yinda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Chempionlar ligasida esa Safonov 2 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol o'tkazdi.
Safonovning fransuz grandi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing