date

Palermo Yevropadagi eng kuchli hujumchini aytdi

Palermo Yevropadagi eng kuchli hujumchini aytdi

Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Martin Palermo vatandoshi, Milanning «Inter» klubi forvardi Lautaro Martines haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Palermoning ta'kidlashicha, Martines hozirda Yevropadagi eng yaxshi hujumchi. Uning so'zlariga ko'ra, Lautaro muntazam gol uradi, doim raqib darvozasini nishonga oladi va kerak bo'lsa, ortga qaytib jamoaviy kombinatsiyalarda ham faol qatnashadi. Shuningdek, u maydon bo'ylab ko'p harakatlanadi, qanotlarga aniq paslar uzatadi va keskin yugurishlar bilan himoyani yorib kiradi, deya Football-Italia Palermo fikrlarini keltirdi.

Joriy A Seriya mavsumida 28 yoshli forvard 24 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Palermo Yevropadagi eng kuchli hujumchini aytdi