Jikiya Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa fikr bildirdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi faoliyati yuzasidan savollarga javob berdi. 32 yoshli futbolchining so'zlari aks etgan video "FNL s Ilovyom" telegram-kanalida e'lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jikiya klubdagi ishlar qanday ketayotgani haqidagi savolga "hammasi yaxshi" deya javob berdi. Turkiyadagi sharoitlar ham uni to'liq qoniqtirayotganini futbolchi tabassum bilan tasdiqladi.
Jikiya "Antalyaspor" safiga o'tgan yozda qo'shilgan. Shu vaqt ichida u jamoa tarkibida 13 ta uchrashuv o'tkazib, 2 ta gol urishga ulgurdi.
Hozir "Antalyaspor" Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o'yini 13 fevral kuni o'z maydonida "Samsunspor"ga qarshi bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing