Georgiy Djikiya Antal'yaspor klubidagi holati haqida gapirdi

Turkiyaning “Antal'yaspor” jamoasida to‘p surayotgan Georgiy Djikiya klubdagi vaziyati borasidagi savollarga qisqa javob qaytardi. 32 yoshli himoyachining so‘zlari aks etgan video “FNL s Ilyovym” telegram-kanalida e’lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Djikiya “Antal'yaspor”dagi ishlari qanday ketayotgani so‘ralganda, hammasi joyida ekanini aytdi. Futbolchi Turkiyadagi sharoit ham uni to‘liq qoniqtirishini tabassum bilan tasdiqladi.
Georgiy Djikiya o‘tgan yozda “Antal'yaspor” safiga kelib qo‘shilgandi. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Hozirda “Antal'yaspor” Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o‘yini 13-fevral kuni o‘z maydonida “Samsunspor”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!