date

Syomin Safonovning PSJdagi o'yiniga baho berdi

Syomin Safonovning PSJdagi o'yiniga baho berdi

Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yuriy Syomin «Yevro-Futbol.Ru»ga bergan intervyusida PSJ darvozaboni Matvey Safonovning jamoa safidagi o'yinlari va samaradorligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Syominning ta'kidlashicha, bugun Safonov Parij klubida shubhasiz asosiy darvozabonga aylangan va start tarkibida maydonga tushishga munosib. Mutaxassis, xatolar bo'lsa, o'yin amaliyoti kamayishi mumkinligini ham qo'shib o'tdi: «Futbolda hammasi qonuniy», dedi u.

26 yoshli posbon joriy mavsumda Liga 1 doirasida to'rt uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol o'tkazib yubordi. Ikki bahsda esa darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Chempionlar ligasida ham Safonov ikki o'yin o'tkazib, bir marta to'pni o'z darvozasidan olib chiqdi.

Safonovning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Syomin Safonovning PSJdagi o'yiniga baho berdi