date

Ronaldu qizi bilan sport zalida birga shug'ullandi

Ronaldu qizi bilan sport zalida birga shug'ullandi

Krishitanu Ronalduining jufti Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda navbatdagi kadrlarni ulashdi. Suratda yulduz hujumchi sport zalida gantel ko'tarayotgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli futbolchi yonida uning qizlaridan biri ham bor: u ham qo'lida gantel ushlab turibdi, faqat kichikroq va pushti rangdagisi. Jorjina esa suratga qisqa izoh qoldirdi: “Dada”.

Avvalroq Rodriges Ronalduini tug'ilgan kuni bilan tabriklagan, biroq post futbolchining 41 yoshga to'lgan kunidan keyingi kuni e'lon qilingani ham muxlislar e'tiboridan chetda qolmadi.

Shu orada Ronaldu “Al-Nasr”ning so'nggi bir nechta o'yinlarini o'tkazib yubordi. OAVda portugaliyalik futbolchi klub boshqaruvidan norozi bo'lgani uchun uchrashuvlarni boykot qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu qizi bilan sport zalida birga shug'ullandi