date

FIFA Atletikka 2028 yilgacha transfer taqiqi qo'ydi

FIFA Atletikka 2028 yilgacha transfer taqiqi qo'ydi

Biblaodagi «Atletik» klubi yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha jiddiy cheklovga uchradi. The Touchline xabariga ko'ra, FIFA basklar jamoasiga yaqin uchta transfer oynasida yangi o'yinchi qo'shishni taqiqladi va bu cheklov 2028 yil yanvarigacha amal qiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbada aytilishicha, qaror turli me'yoriy talablar bir necha bor buzilgani ortidan qabul qilingan.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda «Atletik» transfer bozorida 20 million yevrodan ortiq mablag' sarflab, «Al-Nasr»dan Emerik Laportni hamda «Osasuna»dan Xesus Aresoni tarkibga qo'shgandi. Klub siyosatiga ko'ra esa jamoada faqat bask ildizlariga ega futbolchilar to'p surishi mumkin.

Hozirgi La Liga mavsumida «Atletik» 23 turdan so'ng 28 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » FIFA Atletikka 2028 yilgacha transfer taqiqi qo'ydi